Published January 4, 2026 | Version v1

XORAZM VILOYATIDA SANOAT SEKTORI RIVOJLANISHINING MINTAQAVIY IQTISODIYOT TARKIBIY O'ZGARISHLARIGA TA'SIRI (2013–2023-YILLAR)

Description

Mazkur maqolada 2013–2023-yillar davomida Xorazm viloyatida sanoat sektori rivojlanishining mintaqaviy iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasiga ta’siri kompleks tahlil qilinadi.

Tadqiqot jarayonida rasmiy statistik ma’lumotlar asosida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmining uzoq muddatli dinamikasi, tumanlar kesimidagi hududiy tafovutlar hamda sanoat rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan. O‘tkazilgan tahlillar natijalari Xorazm viloyatida sanoat ishlab chiqarish hajmlarining barqaror o‘sish tendensiyasiga ega ekanini, biroq hududlar bo‘yicha rivojlanish darajasi notekisligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, Urganch shahri va Tuproqqal’a tumani viloyat sanoat rivojlanishining yetakchi markazlari sifatida ajralib turadi. Shu bilan birga, ayrim tumanlarda sanoat ishlab chiqarish sur’atlarining nisbatan pastligi hududiy rivojlanish darajasidagi farqlarni saqlanib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Tadqiqot natijalari sanoat sektorining viloyat iqtisodiyotidagi ulushi ortib borayotganini va bu jarayon tarkibiy o‘zgarishlarni jadallashtirayotganini tasdiqlaydi. Olingan xulosalar mintaqaviy iqtisodiy siyosatni takomillashtirish, hududlararo tafovutlarni kamaytirish va sanoat rivojlanishini muvozanatlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Files

15-19.pdf

Files (651.2 kB)

Name Size Download all
md5:fda3405db07f6d44e4e330e5f69d9a67
651.2 kB Preview Download