EKSPOZITSION DOZA MAVZUSINI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Description
Ushbu maqolada tibbiyot fizikasi fanining muhim bo‘limlaridan biri bo‘lgan ekspozitsion doza mavzusini oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotda ekspozitsion doza tushunchasining fizik mohiyati, uning birliklari, o‘lchash usullari hamda radiatsion xavfsizlikni ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan.
Maqolada an’anaviy o‘qitish usullari bilan bir qatorda muammoli ta’lim va interfaol pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali mavzuni chuqur va samarali o‘zlashtirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Xususan, real tibbiy diagnostika jarayonlariga asoslangan muammoli vaziyatlar yordamida talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ekspozitsion doza mavzusini muammoli ta’lim metodlari asosida o‘qitish talabalarning mantiqiy fikrlashini, tahliliy yondashuvini va radiatsion xavfsizlikka nisbatan mas’uliyatini oshiradi. Ushbu metodika bo‘lajak tibbiyot fiziklari va radiolog mutaxassislarini tayyorlash jarayonida ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Files
1271-1280.pdf
Files
(625.3 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:3c270e9456f8bdeabba62dbfeb1fd9f5
|
625.3 kB | Preview Download |