RAQAMLI TRANSFORMATSIYANING KICHIK BIZNES RIVOJIGA TA'SIRI: GLOBAL TAJRIBA VA O'ZBEKISTON SHAROITI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada raqamli transformatsiya jarayonining kichik biznes taraqqiyotiga ko‘rsatayotgan ta’siri global tajriba asosida tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar — elektron tijorat, bulutli xizmatlar, raqamli to‘lov tizimlari, sun’iy intellekt va biznes jarayonlarini avtomatlashtirish — kichik biznesning samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va yangi bozor segmentlariga chiqish imkoniyatini kengaytirayotgani yoritiladi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari, misolida raqamli transformatsiya natijasida kichik tadbirkorlikning o‘sish dinamikasi va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari, mavjud infratuzilma, davlat tomonidan yaratilayotgan raqamli platformalar hamda kichik biznesni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Maqolada O‘zbekistonda kichik tadbirkorlikda raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqilgan.