ELEKTRON TA'LIM PLATFORMALARIDA KROS-PLATFORMA TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASHNING PEDAGOGIK VA TEXNIK AFZALLIKLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada elektron ta’lim platformalarida kros-platforma texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik va texnik afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yagona kod bazasi asosida turli operatsion tizim va qurilmalarda ishlaydigan platformalarni yaratish ta’lim jarayonining uzluksizligini va foydalanuvchilar uchun qulay muhitni ta’minlaydi. Pedagogik jihatdan, kros-platforma platformalar o‘quvchilarning faolligini oshirish, individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish va interaktiv ta’lim elementlarini joriy etish imkonini beradi. Texnik nuqtayi nazardan esa ularni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va texnik qo‘llab-quvvatlash jarayonlari soddalashtiriladi hamda moliyaviy resurslar tejalanadi. Shuningdek, kros-platforma texnologiyalari masofaviy va aralash ta’lim shakllarini rivojlantirishga xizmat qiladi.