Published December 24, 2025 | Version v1

NOAN'ANAVIY XOMASHYOLAR ASOSIDA QANDOLAT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH ETISH

  • 1. Toshkent kimyo-texnologiya instituti
  • 2. Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

Description

Mazkur maqolada amarant (Amaranthus spp.) urug‘i va undan olinadigan amarant unining kimyoviy tarkibi, ozuqaviy hamda biologik qiymati tahlil qilinib, ularning an’anaviy don mahsuloti - manniy yormasi bilan taqqoslama bahosi keltirilgan. Tadqiqotda amarant urug‘idagi oqsil, yog‘, kraxmal, ozuqaviy tola, vitamin va mineral moddalarning miqdori, shuningdek, oqsilning aminokislota tarkibi va fraksiyaviy tuzilmasi o‘rganildi. Olingan natijalar amarant unida oqsil miqdori 10,8-24,3 % ga yuqori ekanini, lizin aminokislotasi bo‘yicha sezilarli ustunlikka ega ekanini hamda biologik qiymati manniy yormasi oqsiliga nisbatan yuqoriligini ko‘rsatdi. Amarant oqsilida albumin va globulinlarning ustunligi hamda prolaminlarning kamligi uning glyutensiz va yaxshi hazm bo‘ladigan mahsulot sifatidagi afzalliklarini tasdiqlaydi. Shuningdek, amarant unining ozuqaviy tola va mineral moddalarga boyligi, kraxmal miqdorining nisbatan pastligi uni parhezbop va funksional oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda istiqbolli xomashyo sifatida tavsiflash imkonini beradi. Maqola natijalari amarant asosida sog‘lom va glyutensiz mahsulotlar yaratish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi

Files

TT2512009.pdf

Files (560.8 kB)

Name Size Download all
md5:d0ea316d70614340a2859fa7583ea451
560.8 kB Preview Download