Published December 24, 2025 | Version v1

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA ICHKI AUDIT NAZORATINI AMALGA OSHIRISH VA UNI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Description

Mazkur ilmiy maqolada oliy ta’lim muassasalarida ichki audit nazoratini tashkil etish va amalga oshirishning nazariy-metodologik asoslari hamda amaldagi holati kompleks tarzda tahlil qilinadi. Ichki audit tizimining oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining shaffofligini ta’minlash, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda korrupsion holatlarning oldini olishdagi o‘rni ochib beriladi.

Maqolada ichki audit faoliyatini tashkil etish jarayonida uchrayotgan asosiy muammolar, jumladan, normativ-huquqiy bazaning yetarli darajada takomillashmaganligi, ichki audit xodimlarining malaka darajasi, riskga asoslangan audit yondashuvlarining yetarli darajada joriy etilmagani va raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasining pastligi tahlil qilinadi.

Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarida ichki audit nazoratini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilib, ichki audit tizimini modernizatsiya qilish, audit jarayonlarini raqamlashtirish, risklarni boshqarish mexanizmlarini kuchaytirish hamda ichki auditning boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi rolini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Files

984-991.pdf

Files (648.7 kB)

Name Size Download all
md5:720baeb1a7f9bc898418ec723c1151df
648.7 kB Preview Download