Published December 24, 2025
| Version v1
Publication
Open
MAHALLALARDA YOSHLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Authors/Creators
Description
Globallashuv, raqamlashtirish va ijtimoiy munosabatlarning jadal o‘zgarishi sharoitida yoshlarning hayotga munosabati, ijtimoiy faolligi va xulq-atvor modeli ham tubdan yangilanmoqda. Bu jarayon bir tomondan yoshlar uchun yangi imkoniyatlarni ochayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan turli ijtimoiy xavf-xatarlar, jumladan ishsizlik, migratsiya, kiberjinoyatchilik, deviant xulq-atvor va huquqbuzarliklar xavfini ham oshirmoqda. Ana shunday sharoitda yoshlar bilan ishlash tizimini an’anaviy yondashuvlar asosida emas, balki kompleks, profilaktik va ijtimoiy yo‘naltirilgan mexanizmlar orqali takomillashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.