Published December 2, 2025 | Version v1
Journal article Open

Bo'lajak o'qituvchilarda raqamli kompetensiya va media savodxonlikni rivojlantirishning asoslari

Description

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda raqamli kompetensiya va media savodxonlikni shakllantirishning
nazariy hamda metodologik asoslari tizimli ravishda yoritilgan. Tadqiqot doirasida media savodxonlikning metodologik
poydevorini tashkil etuvchi kognitiv yondashuv (James Potter), tanqidiy-pedagogik yondashuv (David Buckingham),
semiotik yondashuv (Stuart Hall, Roland Barthes), madaniy-semiotik yondashuv (Henry Jenkins) hamda ijtimoiy–poststrukturalistik
ilmiy maktablar konseptual asosda tahlil qilinadi. Raqamli-media kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida
zamonaviy pedagogik texnologiyalar – multimodal o‘qitish, gamifikatsiya, simulyatsion muhitlar, kengaytirilgan va
virtual reallik (AR/VR), shuningdek sun’iy intellektga asoslangan vositalarning ta’limiy samaradorligi ilmiy dalillar asosida
asoslab
berilgan. Shuningdek, maqolada AQSh, Yevropa Ittifoqi va Osiyo davlatlari ta’lim tajribasi tahlil qilinib, raqamli-media
kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or pedagogik yondashuvlar ochib beriladi

Files

428.Yuldasheva Munisa Rashidovna.pdf

Files (1.6 MB)

Name Size Download all
md5:a10b6144b6bdc21c735adc2010c1bd74
1.6 MB Preview Download

Additional details