IKKINCHI TIP QANDLI DIABETNING BIOKIMYOVIY ASOSLARI: INSULIN QARSHILIGI VA β-HUJAYRA DISFUNKSIYASIDAGI MOLEKULYAR YO'LLAR
- 1. Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-bosqich talabasi
- 2. Toshkent davlat tibbiyot universiteti Assistant
Description
Ushbu tadqiqot 2-tip qandli diabet (QD-2) patogenezining fundamental biokimyoviy mexanizmlari — insulin qarshiligi hamda oshqozon osti bezi β-hujayralarining yetishmovchiligini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan. Maqolada insulin signalizatsiya kaskadining lipid metabolitlari (seramidlar, DAG) va yallig‘lanish sitokinlari (TNF-α) ta’sirida qanday buzilishi, xususan, IRS-1 oqsilining serin/treonin qoldiqlari bo‘yicha patologik fosforillanishi tahlil qilinadi. Shuningdek, giperglikemiya va lipotoksisitet keltirib chiqaradigan endoplazmatik retikulum (ER) stressi hamda oksidlovchi shikastlanish orqali β-hujayralar massasining kamayishi va insulin sekretsiyasining buzilishi mexanizmlari chuqur yoritilgan. Mazkur molekulyar o‘zgarishlarni tushunish QD-2 ni davolash va oldini olishda yangi, maqsadli terapevtik yondashuvlarni shakllantirish uchun muhim ilmiy asos yaratadi.
Files
200-206.pdf
Files
(240.6 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:4d22fbc6435406f0d79f98b5a5b365c4
|
240.6 kB | Preview Download |