Published December 23, 2025 | Version v1

MAMLAKATIMIZDA ISLOM MOLIYASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Authors/Creators

Description

Bugungi kunga kelib, dunyo moliya bozorida Islom moliya instrumentlaridan foydalanish g‘oyatda dolzarb manbaga aylanib bormoqda. Buni islomiy moliyalash har yili 15-20 foiz o‘sishga erishayotgani ham tasdiqlaydi. Islom moliyasi jahon bo‘yicha 400 dan ortiq moliya institutlari tomonidan amaliyotda qo‘llanib kelinmoqda, uning yillik aylanmasi 800 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi. Shu boisdan, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida yirik islohotlarga yuz burgan mamlakatimiz milliy moliya sektorini rivojlantirishda islomiy moliyasi muhim o‘rin tutadi. Xususan, O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirishning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini joriy etish, davlatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, bank mahsulotlari, islomiy qimmatli qog‘ozlar kabi moliya bozorining muqobil vositalarini yaratishda islomiy moliyalashtirish muhim o‘rin tutadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlis palatalariga yo‘llagan Murojaatnomasida “Mamlakatimizda Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqt-soati yetib keldi. Bu borada Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etiladi” [1], deb ta’kidlab o‘tdilar.

Files

Yosh olimlar 5710.pdf

Files (514.2 kB)

Name Size
md5:c5a512903f9f2460633929778a905887
514.2 kB Preview Download