XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHIDAGI RUS HARBIY-MA'MURIY HISOBOTLARIDA O'RTA OSIYO XONLIKLARINING SIYOSIY TUZILISHI VA BOSHQARUV TIZIMI
Description
Tezisda XIX asr oxiri – XX asr boshidagi rus harbiy-ma’muriy hisobotlarida O‘rta Osiyo xonliklarining siyosiy tuzilishi va boshqaruv tizimi aks etishi manbashunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Rus general-gubernatorlik idoralari, harbiy ekspeditsiyalar, statistika boshqarmalari va sharqshunoslik markazlari tomonidan to‘plangan hujjatlar xonliklarning markaziy va mahalliy hokimiyat tuzilmalari, amaldorlar ierarxiyasi, harbiy-siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoni, soliqlar tizimi va huquqiy institutlar faoliyati haqida batafsil ma’lumot berishi ko‘rsatib o‘tiladi. Mazkur manbalar orqali Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarining siyosiy tizimidagi barqarorlik va beqarorlik omillari, davlat boshqaruvi va iqtisodiy resurslar o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda sulolaviy kurashlar ta’siri ilmiy asosda ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: O‘rta Osiyo xonliklari, rus harbiy-ma’muriy hisobotlari, XIX asr oxiri, siyosiy tuzilma, boshqaruv tizimi.
Files
222-226.pdf
Files
(531.0 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:16b824982d3e13d59556365e143a2f6e
|
531.0 kB | Preview Download |