ECONOMIC MECHANISMS OF HUMAN CAPITAL FORMATION IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM
Description
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida inson kapitalini shakllantirishga ta’sir etuvchi iqtisodiy mexanizmlar tahlil qilingan. Tadqiqotda viloyat xalq ta’limiga qilingan xarajatlar, bitiruvchilar soni va aholi jon boshiga real umumiy daromadlar asosiy ko‘rsatkich sifatida tanlab olindi. Statistika ma’lumotlari asosida 2014–2024 yillar davri o‘rganilib, ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi grafik va jadvaliy tahlil usullari yordamida tahlil qilindi. Natijalar ta’lim xarajatlari va bitiruvchilar soni o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjudligini, aholi daromadlarining esa bu jarayonni qo‘llab-quvvatlovchi tashqi omil sifatida doimiy o‘sib borayotganini ko‘rsatdi. Tadqiqotdan kelib chiqib, ta’lim xarajatlarini izchil va samarali oshirish, bitiruvchilarni mehnat bozoriga moslashtirish hamda aholi daromadlarini ta’lim imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirish inson kapitalini rivojlantirishning muhim sharti sifatida belgilandi.
Kalit so‘zlar: Inson kapitali, oliy ta’lim, iqtisodiy mexanizmlar, ta’lim xarajatlari, bitiruvchilar soni, aholi daromadlari, statistik tahlil, iqtisodiy rivojlanish.
Files
109-118.pdf
Files
(888.3 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:06ff07b65894356c552c563ca5a52411
|
888.3 kB | Preview Download |