Published December 22, 2025 | Version v1

"HUDUD UL-OLAM" ASARI ONOMASTIKASI

Description

Mazkur maqola X asrga oid noma’lum muallif tomonidan bitilgan “Hudud ul-olam” geografik asarining onomastik tizimini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning maqsadi asardagi toponimlar, etnonimlar va gidronimlarning lisoniy xususiyatlarini aniqlash hamda ularning tarixiy-etimologik qatlamlarini tahlil qilishdan iborat. Ishda qiyosiy-tarixiy, etimologik tahlil va kartografik identifikatsiya metodlaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, asar onomastikasi sug‘diy, turkiy va forsiy qatlamlarning murakkab sintezidan tashkil topgan bo‘lib, o‘sha davrdagi etnik migratsiya va urbanizatsiya jarayonlarini aniq aks ettiradi. Ayniqsa, Movarounnahr va Turkiston hududlaridagi ko‘plab joy nomlarining etnik asoslari birinchi bor tizimli ravishda tahlil qilindi. Xulosa sifatida qayd etish joizki, “Hudud ul-olam” onomastikasi nafaqat tarixiy geografiya, balki o‘zbek tili tarixiy leksikologiyasini o‘rganishda ham fundamental manba bo‘lib xizmat qiladi.

Files

202-209.pdf

Files (312.2 kB)

Name Size Download all
md5:a203ed143f5a232c8690bb946aef8c10
312.2 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1. Hudud al-Alam. The Regions of the World: A Persian Geography, 372 A.H. — 982 A.D. / Translated and explained by V. Minorsky; with the preface by V.V. Barthold. — London: Luzac & Co, 1937. — 524 p.