Published December 1, 2025 | Version v1

"MIKROSIMULYATSION MODELLAR" VA ULAR YORDAMIDA IQTISODIY SIYOSATGA OID QARORLARNING TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIGA TA'SIRINI BAHOLASHDAGI AHAMIYATI

Description

Ushbu maqolada mikrosimulyatsion modellar yordamida iqtisodiy siyosat qarorlarining tadbirkorlik
subyektlariga ta'sirini tahlil qilish usullari va amaliyoti ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot mikrosimulyatsion model loyihasiga
bag‘ishlangan bo‘lib, unda soliq va moliyaviy ma'lumotlar asosida mikro darajadagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni simulyatsiya
qilish imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada mikrosimulyatsion modellarning tuzilishi, maqsadlari, qo‘llaniladigan mikro
ma'lumotlar turlari, shuningdek ularning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Turli dasturiy vositalar (Excel/
VBA, R, Python) yordamida modellar yaratish usullari, shuningdek soliq stavkasi, kredit siyosati va energiya narxlari
kabi omillarning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholashga oid amaliy misollar keltirilgan. O‘zbekistonda soliq tizimini
raqamlashtirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq tushumlarini oshirishdagi tajribalar tahlil qilinadi. Tadqiqot
natijalari mikrosimulyatsion modellarni soliq siyosatini takomillashtirish, budjet prognozlash va iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantirishda samarali qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi.

Files

114_Mualliflar_Pulatov_Dilshod_Xaqberdiyevich,_Raxmonov_Doniyor.pdf

Files (2.4 MB)

Additional details