Published December 21, 2025 | Version v1

"O'ZBEKISTON AHOLI TURMUSH DARAJASI VA DAROMADLARI AXAMIYATI"

Authors/Creators

Description

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida aholi turmush darajasi va daromadlarining so‘nggi yillardagi holati statistik tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining “Living standards” rasmiy ma’lumotlariga tayangan holda olib borilib, aholi daromadlari hajmi va real o‘sish sur’atlari, daromad manbalari tarkibi, daromadlar taqsimoti hamda ijtimoiy tengsizlik ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Shuningdek, uy xo‘jaliklari tuzilishi, infratuzilma va ijtimoiy xizmatlarga kirish darajasi orqali aholi turmush sharoitlari baholangan. Tahlil natijalari aholi umumiy va real daromadlarining oshib borayotganini, mehnat daromadlari ulushi ortayotganini hamda turmush darajasi ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganini ko‘rsatadi. Biroq daromadlar taqsimotidagi notenglik, hududlararo farqlar va uy xo‘jaliklari sharoitidagi tafovutlar dolzarb muammo sifatida saqlanib qolmoqda. Maqolada aholi farovonligini oshirish va ijtimoiy tenglikni ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqilgan.

Files

189-192.pdf

Files (220.3 kB)

Name Size Download all
md5:950f55f0677b1cc6c9e8974db5384f62
220.3 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1. O'zbekiston Respublikasi Milliy statika qo'mitasi "Living standards" ma'lumotlari