Published December 20, 2025 | Version v1

RAQOBAT HUQUQI VA MONOPOLIYAGA QARSHI TARTIBGA SOLISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

  • 1. Toshkent davlat yuridik universiteti Xususiy huquq fakulteti 4-kurs talabasi

Description

Mazkur maqolada raqobat huquqi va monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi dolzarb muammolar ilmiy-nazariy tahlil qilinadi. Dunyo tajribasida raqobatni himoya qilish qonunchiligi asosan monopol korxonalar hukmronligini cheklash, korporativ egalikni cheklash hamda narxlarni kelishib olinishini taqiqlash kabi yo‘nalishlarda shakllangan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining 2023-yilda qabul qilingan yangi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni misolida raqobatga qarshi harakatlarni oldini olishga qaratilgan yangi normalar – xususan, raqamli platformalar faoliyatini tartibga solish, monopoliyaga qarshi komplayens joriy etish, ustun mavqe va muzokara kuchini aniqlash mezonlarini yangilash, kartellarga qarshi imtiyozli xabar berish tizimi va moliyaviy jarimalarni joriy etish kabi o‘zgarishlar – tahlil qilinadi. Xorijiy davlatlardagi zamonaviy tendensiyalar, jumladan, raqamli iqtisodiyotdagi platformalarning bozordagi ustunligiga qarshi yangi yondashuvlar, sun’iy intellekt va algoritmik narx belgilash bilan bog‘liq muammolar, mehnat bozorlarida raqobat cheklanishi bilan yuzaga kelayotgan xavflar ham ko‘rib chiqiladi. Iqtisodchi olimlarning fikrlari va xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga tayangan holda, raqobat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha xulosalar va amaliy tavsiyalar beriladi.

Files

825-834.pdf

Files (252.5 kB)

Name Size Download all
md5:433e39fa654656d38270e6e3a163b72b
252.5 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1. O'zbekiston Respublikasi "Raqobat to'g'risida"gi Qonuni (03.07.2023 y., O'RQ–850-son). Lex.uz rasmiy hujjati.