Published December 19, 2025 | Version v1
Journal article Open

TRANSPORT KORIDORLARINING MAHALLIY TASHUVLARGA TA'SIRINI TAHLIL QILISH

Description

Mazkur maqolada transport koridorlarining mahalliy tashuvlar tizimiga ta’siri Trans-Afg‘on transport-logistika yo‘lagi misolida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida transport koridorlarining nazariy asoslari, ularning mintaqaviy iqtisodiyot va ichki yuk tashuvlar samaradorligidagi o‘rni o‘rganildi. Shuningdek, Trans-Afg‘on yo‘lagining shakllanishi, uning Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-logistika aloqalarini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilindi. Maqolada mazkur yo‘lakning mahalliy tashuvlar hajmi, tashuvchilar faoliyati va logistika infratuzilmasi rivojiga ta’siri aniqlanib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib berildi. Tadqiqot natijalari transport-logistika koridorlarini rivojlantirish orqali mahalliy tashuvlar samaradorligini oshirish va tranzit salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.

Files

691-697.pdf

Files (701.5 kB)

Name Size Download all
md5:b0c373af6bffb182e64266978df81628
701.5 kB Preview Download