Biologiya darslarida innovatsion interfaol metodlar: STEM, CLIL, Flipped Classroom va PBL yondashuvlarini joriy etish mexanizmlari
Authors/Creators
Description
Maqolada biologiya ta’limida qo‘llanilayotgan zamonaviy interfaol metodlar – STEM, CLIL, Flipped Classroom
va Project-Based Learning (PBL) yondashuvlarining nazariy hamda amaliy asoslari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda
ushbu metodlarning o‘quvchilarda ilmiy tafakkur, muammoli vaziyatni tahlil qilish, fanlararo integratsiya, kreativ fikrlash,
lingvistik kompetensiya va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, ularni dars jarayoniga
joriy etishning bosqichma-bosqich mexanizmlari, dars samaradorligiga ta’siri hamda o‘qituvchilarning o‘quv jarayonini
boshqarishdagi yangi yondashuvlari tahlil etilgan. Maqola biologiya darslarida innovatsion metodlar uyg‘unligi natijasida
o‘quvchilar kompetensiyasining sezilarli darajada oshishini asoslaydi.