O'ZBEKISTON BALIQCHILIK SANOATI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA BARQAROR RIVOJLANISH TAMOYILLARINI (ESG) JORIY ETISHNING ILMIY ASOSLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu tezisda O‘zbekiston baliqchilik sanoati korxonalarida ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etishning ilmiy-amaliy ahamiyati, ularni ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi roli va barqaror rivojlanish strategiyasidagi o‘rni tahlil qilingan. Tezisda sohada ekologik toza va energiya tejamkor texnologiyalarni tatbiq etish, ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish, mahalliy aholining bandligini oshirish, shuningdek, korporativ boshqaruv tizimida shaffoflik va komplayensni rivojlantirishning ilmiy asoslari yoritilgan. Shu bilan birga, ESG tamoyillarini baliqchilik sanoatiga moslashtirish orqali iqtisodiy barqarorlik, investitsion jozibadorlik va ekologik-iqtisodiy muhitni yaxshilash bo‘yicha ilmiy takliflar keltirilgan.