O'QITUVCHI KASBIY FAOLIYATIDA TEATR PEDAGOGIKASI IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH
Authors/Creators
Description
Ushbu maqola o‘qituvchi shaxsiyatini rivojlantirishda teatr pedagogikasining salohiyati va amaliy imkoniyatlarini atroflicha tahlil qiladi. Zamonaviy ta’lim sharoitida o‘qituvchining nafaqat bilimdonligi, balki uning shaxsiy fazilatlari, kommunikativ ko‘nikmalari, ijodkorligi va empatik qobiliyatlari ham muvaffaqiyatli pedagogik faoliyatning asosiy omillaridan biri ekanligi ta’kidlanadi. Tadqiqot teatr pedagogikasining nazariy asoslari va uning didaktik salohiyatini o‘rganib, roli o‘yinlar, improvizatsiya, ovoz va harakat mashg‘ulotlari kabi amaliy mexanizmlarning o‘qituvchi shaxsiy va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishdagi ahamiyatini yoritadi. Maqolada xorijiy va milliy ta’lim tajribalari umumlashtirilib, teatr pedagogikasini o‘qituvchi kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimiga integratsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Ishning amaliy ahamiyati shundan iboratki, u o‘qituvchi shaxsiyatini har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion usullarni joriy etish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Files
580-585.pdf
Files
(642.9 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:7499f8847818d8d6402f2c54ae9942f2
|
642.9 kB | Preview Download |