Published December 16, 2025 | Version v1
Journal article Open

TUROPERATORLIK FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY HAMDA IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Description

Maqolada O‘zbekistonda turoperatorlik faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. So‘nggi yillarda turizm milliy iqtisodiyotning ustuvor strategik tarmoqlaridan biriga aylangani sababli, turoperatorlik tizimining samaradorligini oshirish, innovatsion boshqaruv mexanizmlarini joriy etish va raqamli texnologiyalar asosida sohani modernizatsiya qilish zarurati asoslab berilgan.

Tadqiqot natijasida O‘zbekistonda turoperatorlik faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlari tizimlashtirilgan hamda ularning o‘zaro integratsiyasiga asoslangan model ishlab chiqilgan.

Tadqiqotda ishlab chiqilgan iqtisodiy va tashkiliy modellarning mohiyati –davlat siyosati, xususiy sektor resurslari hamda xalqaro standartlarning uyg‘unlashuvi orqali turoperatorlik sohasida barqaror o‘sish, raqobatbardoshlik va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishdan iborat.

Modelning amaliy tatbiqi turizm sektorida yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport salohiyatini kengaytirish va hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishga xizmat qiladi.

Files

523-535.pdf

Files (696.2 kB)

Name Size Download all
md5:19c4d1aaee76558dd8a9ad260d141c45
696.2 kB Preview Download