Published December 16, 2025 | Version v1

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida divergent fikrlashni rivojlantirishda raqamli gamifikatsion vositalarning pedagogik samaradorligi

Description

Zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar, xususan gamifikatsion vositalar o‘quvchilarning kognitiv faolligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida divergent fikrlash – ya’ni bir masalaga bir nechta yechim topa olish, ijodiy yondashuv, noan’anaviy fikrlar generatsiyasi XXI asr ko‘nikmalarining muhim tarkibiy qismidir. Raqamli gamifikatsiya o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish, o‘quv jarayonini shaxsiylashtirish va ijodiy fikrlashni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega. Mazkur tadqiqotning maqsadi – raqamli gamifikatsion vositalarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida divergent fikrlashni rivojlantirishdagi pedagogik samaradorligini aniqlash, baholash va ilmiy asoslashdir. Ushbu maqolada raqamli gamifikatsion vositalar asosida tashkil etilgan o‘quv muhitining didaktik asoslari ishlab chiqilib, uning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida divergent fikrlash jarayonini faollashtirishdagi ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Raqamli o‘yin elementlari, interaktiv topshiriqlar va kreativ muammoli vazifalarni gamifikatsiya mexanizmlarida qo‘llash orqali o‘quvchilarda motivatsiya, faol kognitiv jarayonlar va ijodiy tafakkurning kuchayishiga erishish yo‘llari tahlil qilinadi.

Files

27-168-173.pdf

Files (683.3 kB)

Name Size
md5:4a213d552668f46f30f673839f228d15
683.3 kB Preview Download