AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY JIHATLARI
Authors/Creators
- 1. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Soliq va soliqqa tortish" kafedrasi katta o'qituvchisi
Description
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti eng avvalo investitsiya faoliyatining hajmi, tarkibi va samaradorligi bilan belgilanadi. Aholi daromadlarining o‘sishi, turmush sharoitining yaxshilanishi, ishlab chiqarish quvvatlarining modernizatsiya qilinishi hamda yangi texnologik loyihalarning amalga oshirilishi milliy iqtisodiyotga yo‘naltirilayotgan investitsiya oqimlari bilan uzviy bog‘liqdir. Shu boisdan, har bir davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhit yaratishga intiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyaviy jozibadorlikning oshishi milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi bilan bir qatorda korporativ sektor, xususan, aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy salohiyatiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Files
63-67.pdf
Additional details
References
- 1. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси, халқ сўзи 2017 йил 22 декабрь.