Published December 14, 2025 | Version v1

Raqamlashtirish tushunchasining Markaziy Osiyoda talqin etilishi va uning xizmatlar sohasidagi o'rni

  • 1. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mustaqil izlanuvchisi

Description

Maqolada Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekiston sharoitida raqamlashtirish jarayonlarining xizmatlar sohasi rivojlanishiga ko‘rsatgan institutsional, ijtimoiy va iqtisodiy ta’siri mahalliy olimlar ilmiy qarashlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot YUsupov SH., Boboxodjaev N., YUldoshev A., Abdusattorov F., Safarov I., Raximov B., Qurbonova S. kabi o‘zbek olimlari hamda Tojikistonlik M. YUsufzoda va Qirg‘izistonlik D. Esenovlarning xizmatlar sektorida raqamli transformatsiyaning mazmun-mohiyati haqidagi ilmiy nuqtai nazarlarini qamrab oladi. Ularning fikrlariga ko‘ra, raqamlashtirish xizmatlarning funksional tavsiflarini qayta belgilash, institutsional muhitni optimallashtirish, xizmat sifati, tezkorlik va shaffoflikni sezilarli oshirish bilan birga, davlat boshqaruvi, ta’lim, tibbiyot va moliya xizmatlarida yangi kommunikatsion mexanizmlar yaratadi. Tadqiqot shuningdek, raqamlashtirilgan xizmatlarning jamoatchilik nazorati, korrupsiyani kamaytirish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash va inson kapitalini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini ilmiy asoslarda yoritadi. Umumlashtirilgan xulosaga ko‘ra, Markaziy Osiyo olimlarining qarashlarida raqamlashtirish xizmatlar sektorida samaradorlikni oshiruvchi texnologik jarayon bo‘lish bilan birga, keng qamrovli strategik, ijtimoiy va boshqaruv funksiyalarini birlashtiruvchi transformatsion mexanizm sifatida talqin qilinadi.

Files

68-72.pdf

Files (332.6 kB)

Name Size Download all
md5:97c9b55a6d408d87a4b160f68028a898
332.6 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1. Shokirovna B. Z. THE ECONOMIC ROLE OF OIL PRODUCTION IN THE BUKHARA-KHIVA REGION AND ITS SIGNIFICANCE FOR THE COUNTRY //GWALIOR MANAGEMENT ACADEMY. – С. 55.