Published December 13, 2025 | Version v1
Journal article Open

SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA O'SUVCHI NA'MATAK (ROSA CANINA L.) O'SIMLIGINING ILDIZ TIZIMI RIZOSFERASIDAN AJRATIB OLINGAN MESORHABDITIS (OSCHE, 1952) AVLODIGA MANSUB NEMATODA TURLARINING MORFOLOGIK VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Description

Ushbu ilmiy tadqiqot Surxondaryo viloyati sharoitida o‘suvchi na’matak (Rosa canina L.) o‘simligining ildiz tizimi rizosferasidan ajratib olingan Mesorhabditis (Osche, 1952) avlodiga mansub nematoda turlarining morfologik va biologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida namunalar tuproq-rizosfera qatlamidan standart nematologik usullar asosida ajratib olindi va laboratoriya sharoitida morfometrik, mikroskopik hamda identifikasion tahlillar amalga oshirildi. Olingan natijalar Mesorhabditis turlarining tana tuzilishi, og‘iz apparati, reproduktiv tizimi, o‘lcham ko‘rsatkichlari kabi morfologik belgilarini aniqladi, shuningdek ularning ko‘payishi, rivojlanish bosqichlari va rizosfera biotsenozidagi ekologik roli yoritildi. Tadqiqot Surxondaryo hududidagi yovvoyi dorivor o‘simliklar bilan bog‘liq nematofaunaning xilma-xilligini aniqlashga va Mesorhabditis avlodiga mansub turlarni regional diagnostika mezonlari bo‘yicha tavsiflashi bilan ahamiyatlidir.

Files

460-463.pdf

Files (673.0 kB)

Name Size Download all
md5:0ce81836cf69b95bbb19500e07214ac2
673.0 kB Preview Download