O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI INFLYATSIYA SIYOSATINI OPTIMALLASHTIRISHNING SUN'IY INTELLEKT MODELI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida inflyatsiya jarayonlarining o‘zgaruvchan dinamikasini tahlil qilish va uni barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan sun’iy intellekt (SI) asosidagi intellektual model ishlab chiqilgan. Tadqiqotda inflyatsiya darajasini prognozlashda mashinaviy o‘rganish algoritmlaridan, jumladan, LSTM (Long Short-Term Memory) neyron tarmog‘idan foydalanilgan. Model real statistik ma’lumotlar asosida sinovdan o‘tkazilib, SI yondashuvi an’anaviy regressiya modellariga nisbatan yuqori aniqlikka ega ekanligi aniqlangan. Natijalar asosida inflyatsiyani boshqarishda avtomatlashtirilgan bashorat tizimini yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.