XALQARO IQTISODIY SANKSIYALARNING TARIXIY RIVOJLANISHI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada xalqaro iqtisodiy sanksiyalarning vujudga kelishi, tarixiy evolyutsiyasi va zamonaviy xalqaro munosabatlardagi o‘rni kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda sanksiyalarning qadimgi davrlardan boshlab XX asr boshlariga qadar bo‘lgan rivojlanish bosqichlari, Birinchi jahon urushi va Millatlar Ligasi davridagi shakllanish jarayoni, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavi qabul qilingandan keyingi davrdagi amaliyoti izchil yoritib berilgan. Maqolada BMT Xavfsizlik Kengashining iqtisodiy sanksiyalar sohasidagi vakolatlari, 1990-yillardan keyingi “Sanksiyalar o‘n yilligi” fenomeni, “aqlli sanksiyalar” (smart sanctions) konsepsiyasining mazmuni va uning afzalliklari hamda kamchiliklari ilmiy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, BMTdan tashqarida davlatlar tomonidan bir tomonlama tartibda qo‘llanilgan sanksiyalar, xususan, AQSh, Yevropa Ittifoqi, Arab davlatlari, SSSR va Amerika Davlatlari Tashkilotining sanksiyalar siyosati tarixiy misollar asosida ochib berilgan. Tadqiqot yakunida iqtisodiy sanksiyalarning xalqaro huquq bilan uyg‘unligi, suverenitet tamoyiliga ta’siri hamda “ikkinchi darajali sanksiyalar”ning huquqiy bahosi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu maqola xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar hamda iqtisodiy xavfsizlik masalalarini o‘rganuvchi tadqiqotchilar uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Files
382-389.pdf
Files
(806.9 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:b5693554de8e3af4500666d14def81ec
|
806.9 kB | Preview Download |