BM25 VA TF-IDF ASOSIDA KLASSIK QIDIRUV MODELLARI: O'ZBEK TILI VA DOMEN MUAMMOLARI
Description
Ushbu maqolada klassik axborot qidiruv modellaridan TF-IDF va BM25 algoritmlarining o‘zbek tilidagi matnlar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammolari tahlil qilingan. O‘zbek tilining morfologik xususiyatlari, tokenizatsiya jarayonidagi qiyinchiliklar va domenga xos leksika bilan bog‘liq muammolar o‘rganilgan. Tajribalar natijasida o‘zbek tili uchun moslashtirilgan stemming va lemmatizatsiya usullarining samaradorligi baholangan. Turli domenlarda (umumiy, ta’lim, texnologiya) klassik qidiruv modellarining ishlash ko‘rsatkichlari taqqoslangan va yaxshilash yo‘llari taklif etilgan.