Published December 11, 2025 | Version v1

"LISON UT-TAYR" DOSTONINING BOBLAR BO'YICHA TAVSIFI

Description

Ushbu maqola Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni boblarining ichki mazmuniy tizimini, kompozitsion tuzilishini va ramziy qatlamini ilmiy asosda tahlil qiladi. Tadqiqotda dostonning boblar bo‘yicha tasnifi tasavvuf falsafasi, ruhiy kamolot bosqichlari va Attor an’anasi bilan bog‘liq holda yoritiladi. Boblarning har biri ma’lum ma’naviy mazmunga ega bo‘lib, ularning o‘zaro bog‘liqligi dostonning badiiy tuzilmasidagi markaziy mexanizm sifatida talqin etiladi. Maqola qushlar uzrlari, yetti vodiya, Simurg‘ timsoli va qissa-hikoyatlar tizimini boblar kontekstida o‘rganadi. Tadqiqot jarayonida dostonning ramziy-simvolik qatlamlari orqali tasavvufiy g‘oyalarning poetik konstruksiyaga ta’siri chuqur tahlil etiladi. Natijada boblar bo‘yicha tasnif asarning kompozitsion butunligini anglashda muhim ilmiy yondashuv ekanligi isbotlanadi. Maqola Navoiyning tasavvufiy merosini o‘rganuvchi adabiyotshunoslar uchun metodik hamda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Files

Yosh olimlar 5206.pdf

Files (484.3 kB)

Name Size
md5:8b618850da66fcc7c715d8f48b52aa3a
484.3 kB Preview Download