Published December 10, 2025 | Version v1
Journal article Open

O'ZBEKISTONDA QURILISH SANOATI RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O'RNI

Description

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida qurilish sanoatining raqobatbardoshligini oshirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, xususan, qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Qurilish jarayonlarida avtomatlashtirish, “yashil” texnologiyalarni joriy etish, energiya tejamkorlikni ta’minlash, raqamli boshqaruv tizimlarini shakllantirish hamda xalqaro standartlarga mos qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar orqali qurilish korxonalarining samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va sifat nazoratini kuchaytirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, sohada ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kadrlar malakasini oshirish va xorijiy tajribalarni o‘rganish orqali O‘zbekiston qurilish sanoatini mintaqadagi raqobatbardosh tarmoqqa aylantirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.

Files

78-80.pdf

Files (622.1 kB)

Name Size Download all
md5:71289dca3e77df36ef43e8049e1ebc6a
622.1 kB Preview Download