TARJIMA TADQIQOTLARINING RIVOJLANISH YO'NALISHLARI VA ISTIQBOLLARI TAHLILI
Description
Ushbu maqolada tarjima tadqiqotlarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda XXI asrda yuzaga kelayotgan yangi ilmiy yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Maqolada tarjimashunoslikning lingvistik, madaniy, kognitiv va texnologik paradigmalari o‘rganilib, ularning o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Ular tarjima tadqiqotlarining tarixiy taraqqiyoti haqida umumiy manzara beradi. Tarjima 20–21-asrda mustaqil fan sifatida shakllanib, keyinchalik madaniyatshunoslik, sotsiologiya, falsafa, texnologiya bilan uzviy bog‘langanini ta’kidlaydi. Bu asar tarjima tadqiqotlarining rivojlanish bosqichlarini tizimli ko‘rsatadi.