Published December 10, 2025 | Version v1

O'ZBEK XALQ QO'SHIQLARIDA XONANDA OVOZ TEMBRI VA OHANGDORLIKNING ROLI

Description

Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zbek xalq qo‘shiqlarida xonanda ovoz tembri va ohangdorlikning badiiy–estetik ahamiyati ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Xalq qo‘shiqlari ijrosida tembr rang-barangligi, ohang tuzilishi, nafas boshqaruvi hamda emotsional ifoda xonandaning ijro mahoratini belgilovchi asosiy omillar sifatida baholanadi. Tadqiqotda turli hududlarga xos xalq qo‘shiqlari misolida tembrning funksional vazifasi, xalq ijodi poetik matni bilan uyg‘unligi, shuningdek, ohangdorlikning qo‘shiq mazmunini yetkazishdagi roli o‘rganiladi. Maqola xonandalik san’atida tembrning individuallik yaratish jarayonidagi o‘rni, ijro davomida ohangning dinamik rivojlanishi va uning tinglovchiga estetik ta’siri kabi omillarni chuqur yoritadi. Tadqiqot natijalari o‘zbek xalq qo‘shiqlari ijrochiligida tembr va ohangdorlikning o‘zaro bog‘liqligini hamda ular milliy musiqiy merosni saqlash va rivojlantirishdagi ahamiyatini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: o‘zbek xalq qo‘shiqlari, xonanda tembri, ohangdorlik, vokal ijrochiligi, nafas boshqaruvi, milliy musiqiy meros, poetik matn, estetik ta’sir, ijro texnikasi, hududiy musiqiy an’analar

Files

Word-art-2025-3-4-December.pdf

Files (3.3 MB)

Name Size Download all
md5:6d7ef68641ed9caa7f11093ec40001f8
3.3 MB Preview Download