Published December 10, 2025 | Version v1

JAMIYATDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TA'MINLASHDA VUJUDGA KELAYOTGAN MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI

Description

Ushbu maqolada jamiyatda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash jarayonida yuzaga kelayotgan asosiy muammolarni tahlil qilish hamda ularning samarali yechimlarini asoslashga qaratilgan. Bugungi globallashuv, raqamli transformatsiya, ijtimoiy tengsizlikning kuchayishi, axborot bosimi va migratsiya jarayonlarining jadallashuvi inson huquqlarini himoya qilish tizimiga yangi talablar qo‘ymoqda. Shu sababli, tadqiqotda huquqiy ongning yetarli darajada shakllanmaganligi, ayrim sohalarda qonun ijrosidagi sustkashliklar, korrupsiya holatlarining mavjudligi, davlat organlari va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlikning yetarli darajada bo‘lmaganligi kabi omillar chuqur ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Shuningdek, so‘nggi yillarda aholining axborot texnologiyalaridan faol foydalanishi natijasida yuzaga kelayotgan yangi turdagi huquqbuzarliklar, shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi, raqamli xavfsizlik, onlayn diskriminatsiya kabi zamonaviy xavf va muammolar ilmiy asosda ochib beriladi.

Tadqiqot yakunida inson huquqlarini samarali ta’minlash uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, sud-huquq tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish, davlat organlarida ochiqlik va hisobdorlikni kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish, huquqiy madaniyatni rivojlantirish hamda raqamli xavfsizlikni mustahkamlashga oid aniq taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.

Files

315-320.pdf

Files (672.9 kB)

Name Size Download all
md5:9c062ab7dde112d70065ef1b7270dd78
672.9 kB Preview Download