AKUSHERLIK QON KETISHIDA DAVOLASHDA QO'LLANILADIGAN DORI VOSITALARNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Authors/Creators
- 1. ToshDavTU Termiz filiali Akusher-ginekologiya va oilaviy shifokorlikdaginekologiya kafedrasi mudiri, t.f.n.
- 2. ToshDavTU Termiz filiali Akusher-ginekologiya va oilaviy shifokorlikda ginekologiya kafedrasi 2-bosqich klinik ordinatori, Termiz shahri, O'zbekiston
Description
Akusherlik qon ketishi (AKK) — onalar o‘limining yetakchi sabablardan biri bo‘lib, barcha tug‘ruqdan keyingi asoratlarning 25–30% ini tashkil etadi. Ushbu tezisda qon ketish holatlarida qo‘llaniladigan asosiy dori vositalar — uterotoniklar (oksitotsin, metilergometrin), antifibrinolitiklar (traneksamik kislota) va prostaglandin analoglarining (misoprostol, karboprost) samaradorligi baholandi. Klinik kuzatuvlar asosida har bir preparatning ta’siri, samaradorlik darajasi va xavfsizligi tahlil qilindi.
Akusherlik qon ketishi — tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda bachadonning yetarli qisqarmasligi, bachadon bo‘yni yoki yo‘ldosh yo‘llarining shikastlanishi, koagulopatiyalar yoki yo‘ldosh qoldiqlari bilan bog‘liq og‘ir holatdir. Qon ketishning og‘ir darajasi onaning hayoti uchun bevosita xavf tug‘diradi.Dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 14 million ayolda tug‘ruq bilan bog‘liq qon ketish kuzatiladi va ularning 70 mingdan ortig‘i shu sababli hayotdan ko‘z yumadi. Shuning uchun AKKni oldini olish va erta davolashda uterotonik preparatlar, traneksamik kislota, prostaglandinlar va gemostatik vositalarning o‘rni beqiyosdir.
Files
FARMAKOLOGIYA,_FARMATSEVTIKA_VA_XALQ_TABOBATI_DOLZARB_MUAMMOLAR2 (43).pdf
Files
(245.3 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:3243cb8cdf61b3c701c9bdba3e321f6b
|
245.3 kB | Preview Download |