MAKTABGACHA TA'LIM JARAYONIDA TARBIYACHI VA TARBIYALANUVCHILARDA INTELLEKTUAL HAMDA LIDERLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA KONFLIKTOLOGIK YONDASHUVNING O'RNI
Description
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarda intellektual hamda liderlik qobiliyatlarini shakllantirishda konfliktologik yondashuvning nazariy-amaliy asoslari yoritiladi. Tadqiqotda konfliktlarning pedagogik jarayondagi tabiati, ularning konstruktiv boshqaruv mexanizmlari hamda ta’lim ishtirokchilari o‘rtasida kommunikativ va psixologik hamkorlik madaniyatini rivojlantirish omillari tahlil qilinadi. Maktabgacha ta’lim muhitida yuzaga keluvchi ziddiyatlarni diagnostika qilish, profilaktika va bartaraf etish strategiyalarining qo‘llanishi natijasida bolalarda ijodiy fikrlash, emotsional barqarorlik, o‘z fikrini erkin ifodalash va jamoaviy qaror qabul qilish ko‘nikmalarining rivojlanishi ilmiy asosda asoslab beriladi. Shuningdek, tarbiyachi faoliyatida konfliktologik bilim va kompetensiyalarni qo‘llash ta’lim samaradorligi va pedagogik muloqot madaniyatini oshirishning muhim sharti sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari konfliktologik yondashuv maktabgacha ta’lim tizimida liderlik va intellektual salohiyatni rivojlantirishning innovatsion pedagogik vositasi ekanligini ko‘rsatadi.
Files
24-28.pdf
Files
(592.6 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:1b18bdc069642411f8f0ee465e6a691e
|
592.6 kB | Preview Download |