KESKIN O'ZGARUVCHAN IQLIM SHAROITLARIDA, YUQORI KUCHLANISHLI HAVO LINYALARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Description
Ushbu tadqiqotda keskin o‘zgaruvchan iqlim sharoitlarining yuqori kuchlanishli havo liniyalari ishonchliligi va samaradorligiga ta’siri o‘rganildi. Iqlim o‘zgarishining elektr uzatish tizimlariga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy ta’sirlar tahlil qilindi. Tadqiqotda real ekspluatatsion ma’lumotlardan foydalanildi hamda misol tariqasida O‘zbekiston hududiga iqlimiy jihatdan o‘xshash bo‘lgan mintaqada ishlovchi elektr tarmoqlari kompaniyalari tajribasi o‘rganildi. Ob-havo hodisalari ta’sirida shakllanuvchi asosiy ishonchlilik ko‘rsatkichlari — avariya uzilishlari soni, 1 km havo liniyalariga to‘g‘ri keladigan nosozliklar chastotasi va tiklash davomiyligi — hisoblab chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, keskin o‘zgaruvchan iqlim sharoitlarida, ayniqsa 6–10 kV havo liniyalarida, nosozliklar darajasi sezilarli yuqori bo‘ladi. Shamol yuklamalari va chaqmoq hodisalari umumiy avariya statistikasining asosiy ulushini tashkil etadi. Shamol tezligi bo‘yicha kuzatilgan hodisalar soni va avariya uzilishlari orasida kuchli korrelyatsiya aniqlangan. Iqlimiy prognozlarga ko‘ra, 2025 yilga borib, hududda havo liniyalari bo‘yicha avariya holatlari soni taxminan 1,5 baravar ortishi kutilmoqda. Ushbu natijalar keskin iqlim o‘zgarishiga moslashgan holda yuqori kuchlanishli havo liniyalarining samaradorligini oshirish, konstruktiv yechimlarni takomillashtirish va zamonaviy monitoring texnologiyalarini joriy etish zarurligini ko‘rsatadi.
Files
33-50.pdf
Files
(619.4 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:5aa43429520611711460a7686cd6c029
|
619.4 kB | Preview Download |