ZAMONAVIY INGLIZ TILI FRAZEOLOGIZMLARINING USLUBIY QATLAMLARI: ADABIYOT, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA OG'ZAKI NUTQ MISOLIDA
Description
Annotatsiya. Mazkur maqola zamonaviy ingliz tilidagi frazeologik birliklarning uslubiy qatlamlari – adabiyot, ommaviy axborot vositalari va og‘zaki nutq – misolida o‘rganishga bag‘ishlanadi. Unda frazeologizmlarning milliy va madaniy jihatdan shakllanishi, ularning tilning turli qatlamlarida – estetik, informatsion va emotsional – qanday ifodalanishi yoritiladi. Maqolada frazeologik birliklar xalqning tarixiy tajribasi, urf-odatlari va dunyoni idrok etish uslubini aks ettiruvchi barqaror birliklar sifatida tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi ko‘plab iboralar bevosita tarjima qilinmaydi, ularni to‘g‘ri tushunish uchun kontekst muhim ahamiyatga ega ekani ko‘rsatiladi. Shuningdek, frazeologiyaning shakllanishi geografik muhit, diniy e’tiqodlar, ijtimoiy hayot va tarixiy omillar bilan chambarchas bog‘liq ekani ta’kidlanadi.
Files
1.52.pdf
Files
(697.8 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:8f5cc8ca0c0da4d2fcd4a5adaa95a3c6
|
697.8 kB | Preview Download |