Published December 3, 2025 | Version v1

O'ZBEKISTON SHAROITIDA O'ZBEK-INGLIZ IKKI TILLI BOLALARDA TIL RIVOJLANISHI

Description

Mazkur maqolada O‘zbekiston sharoitida o‘zbek va ingliz tillarida so‘zlashuvchi ikki tilli bolalarning til rivojlanish jarayoni zamonaviy tilshunoslik va globallashuv kontekstida tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – o‘zbek-ingliz bilingv bolalarining til rivojlanish bosqichlari, kod aralashuvi, dominant til shakllanishi, ehtimoliy kechikish belgilari hamda kognitiv va ijtimoiy afzalliklarini aniqlashdir. Metod sifatida xalqaro va mahalliy ilmiy manbalar, O‘zbekiston maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari o‘rtasidagi so‘rov natijalari, ko‘p tilli bolalar haqidagi amaliy tadqiqotlar hamda davlatning ko‘p tilli ta’lim siyosatini aks ettiruvchi hujjatlar tahlili qo‘llanildi. Natijalarga ko‘ra, o‘zbek-ingliz ikki tilli bolalarda til rivojlanish bosqichlari asosan monolingval tengdoshlarinikiga yaqin bo‘lib, kod aralashuvi vaqtinchalik xususiyatga ega, ikki tillilik esa nutq nuqsonlarini yuzaga keltirmaydi, aksincha, kognitiv moslashuvchanlik va metalingvistik ko‘nikmalarni kuchaytiradi. Maqolada ota-ona, tarbiyachi va mutaxassislar uchun bilingval bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham beriladi.

Files

1.51.pdf

Files (753.5 kB)

Name Size
md5:50b86af37d9f542e08ab9fcb0b829b70
753.5 kB Preview Download