KORXONALARDA RAQAMLI MARKETINGDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Description
Ushbu maqolada raqamli marketingning tekstil korxonalarida qo‘llanilishi va uni takomillashtirishning
ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotning obyekti sifatida “O‘zto‘qimachilik” korxonasi tanlanib, unda raqamli kanallar orqali
mahsulot targ‘iboti, mijozlar bilan aloqa va brend imidjini mustahkamlash imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi. Maqolada
xalqaro va mahalliy ilmiy manbalar asosida raqamli marketing vositalari (ijtimoiy tarmoqlar, veb-sayt, email marketing,
Google Ads va boshqa platformalar) ko‘rib chiqildi, SWOT tahlil orqali korxonaning ichki kuchli va zaif tomonlari hamda
tashqi imkoniyatlar va tahdidlar aniqlandi.
Tadqiqot natijalari Instagram va veb-sayt korxona brendi va mijozlar bilan interaktiv aloqani rivojlantirishda eng samarali
raqamli kanallar ekanini ko‘rsatdi. Shuningdek, boshqa raqamli vositalarni optimallashtirish orqali ularning salohiyatini
yanada kengaytirish mumkinligi ta’kidlandi. Maqolada raqamli marketingning xususiyatlari, texnologik infratuzilmani
takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish hamda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.
Ushbu tadqiqot O‘zbekiston tekstil korxonalari uchun raqamli marketing strategiyalarini samarali joriy etishga doir amaliy
tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi hamda korxonalar raqobatbardoshligini, bozor imkoniyatlarini kengaytirishni va
mijoz sodiqligini oshirishni maqsad qiladi
Files
14. Tumaris Nietullaeva, Alimxodjayeva Nargiza Elshodovna.pdf
Files
(2.2 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:33e7dd1e6464c4ea6d42743c6ad62990
|
2.2 MB | Preview Download |