Published December 1, 2025 | Version v1

SANOAT OBYEKTLARINI KESKIN O'ZGARUVCHAN HARORAT SHAROITIDA ISSIQLIK BILAN TA'MINLASHNING ADAPTIV REJIMINI ISHLAB CHIQISH VA TAHLILI

  • 1. Qarshi davlat texnika universiteti dotsenti

Description

Ushbu maqolada sanoat obyektlarini keskin o‘zgaruvchan tashqi harorat sharoitida issiqlik bilan ta’minlash tizimining adaptiv boshqaruv algoritmini ishlab chiqish va tahlil qilish masalasi yoritilgan. Tadqiqotning dolzarbligi O‘zbekistonning kontinental iqlim sharoitida tashqi haroratning katta amplitudali o‘zgarishlari sanoat tizimlarining issiqlik barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan izohlanadi. Tadqiqotda MATLAB/Simulink muhitida modellashtirish asosida an’anaviy PID va adaptiv PID boshqaruv algoritmlari solishtirildi. Adaptiv tizimda boshqaruv parametrlarining real vaqt rejimida tashqi haroratga moslashuvchan o‘zgarishi hisobga olindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, adaptiv PID tizimi an’anaviy PID tizimiga nisbatan ichki haroratning tebranish amplitudasini 2–3°C dan 1°C gacha kamaytirgan, barqarorlashish vaqtini esa 45 daqiqadan 22 daqiqagacha qisqartirgan. Shuningdek, umumiy energiya sarfi 14% gacha kamaygan va RMSE(Root Mean Square Error -  o‘rtacha kvadratik xatolik)  qiymati 1.72°C dan 0.83°C gacha pasaygan. Tadqiqot natijalari issiqlik tizimlarining energetik samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarining termik barqarorligini ta’minlash va ekologik chiqindilarni kamaytirishda amaliy ahamiyatga ega. Kelgusida ishlab chiqilgan modelni real sanoat obyektlarida sinovdan o‘tkazish hamda sun’iy intellekt asosidagi o‘z-o‘zini o‘rganuvchi boshqaruv algoritmlari bilan kengaytirish istiqbolli yo‘nalish sifatida tavsiya etiladi.

Files

83-93.pdf

Files (291.7 kB)

Name Size Download all
md5:2dd5639a0a41ae4d45865afc3f64a68b
291.7 kB Preview Download