Published December 1, 2025 | Version v1
Journal article Open

ISSIQLIK TARMOQLARINING NUQSONLI ISH REJIMLARIDA SANOAT OBYEKTLARINI ISSIQLIK BILAN TA'MINLASHNI TARTIBGA SOLISHDA IoT TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASH

  • 1. Qarshi davlat texnika universiteti dotsenti

Description

Ushbu maqolada issiqlik tarmoqlarining nuqsonli ish rejimlarida sanoat obyektlarini issiqlik bilan taminlash jarayonini samarali boshqarish uchun Internet of Things (IoT) texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari ilmiy asosda o‘rganilgan. Tadqiqotning maqsadi — real vaqt rejimida ma’lumot yig‘ish, nuqsonlarni aniqlash va issiqlik tizimining ish rejimini avtomatik tartibga soluvchi IoT asosidagi adaptiv boshqaruv modelini ishlab chiqishdir. IoT tarmog‘i harorat, bosim va oqim parametrlarini o‘lchovchi sensorlar (DHT22, BMP280, ultratovushli oqim o‘lchagichlar) orqali ma’lumotlarni bulutli serverga uzatadi. Tizim MQTT protokoli asosida ThingsBoard platformasida modellashtirildi. Simulyatsiya natijalari shuni ko‘rsatdiki, IoT asosidagi adaptiv boshqaruv tizimi an’anaviy boshqaruv tizimiga nisbatan energiya sarfini 15% ga kamaytiradi, javob tezligini 43% ga oshiradi va issiqlik tebranishlarini 2–3°C dan 1°C gacha pasaytiradi. IoT tarmog‘ining malumot uzatish ishonchliligi 98,7% ni tashkil etdi, kechikish (latency) esa 0,4 soniyadan oshmadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, IoT texnologiyalarini issiqlik ta’minoti tizimlariga integratsiya qilish energiya samaradorligini oshirish, avariyaviy holatlarni erta aniqlash va issiqlik tarmoqlarini masofadan boshqarish imkonini beradi. Ushbu yondashuv O‘zbekistonning energetika infratuzilmasini raqamlashtirish strategiyasi doirasida muhim texnologik yechim sifatida baholanishi mumkin.

Files

70-82.pdf

Files (374.7 kB)

Name Size Download all
md5:1f5554b8e60dfcdd55ea1d6d3f3bc86d
374.7 kB Preview Download