Published November 4, 2025 | Version v1

Muhandislik kompetensiyalariga ega zamonaviy texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlash

Description

Ushbu maqolada texnologik ta’lim yo‘nalishida o‘qituvchilarni muhandislik kompetensiyalariga ega pedagog
sifatida tayyorlashning zamonaviy metodik asoslari xalqaro va mahalliy ilmiy manbalar tahlili asosida o‘rganilgan.
Xususan, Project-Based Learning, Problem-Based Learning, STEM/STEAM texnologiyalari, simulyatsiya va virtual
laboratoriyalar,
mechatronika modullari, portfel asosida baholash hamda ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan
dual ta’limning nazariy va amaliy jihatlari batafsil yoritilgan. Tadqiqot natijalari mazkur metodlarning texnologik ta’lim
o‘qituvchilarida konstruktiv fikrlash, texnik dizayn, diagnostika, muammoli vaziyatlarni hal qilish, tajriba-sinov ishlarini
loyihalash hamda fanlararo integratsiya kompetensiyalarini shakllantirishdagi samaradorligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga,
mavjud ilmiy manbalar tahlili mahalliy sharoitda to‘liq tatbiq etish uchun zarur bo‘lgan amaliy mexanizmlar, infratuzilma,
o‘qituvchilar
malakasi va o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish bilan bog‘liq ilmiy-bo‘shliqlar mavjudligini aniqladi. Mazkur
maqola texnologik ta’limni modernizatsiya qilish va muhandislikka yo‘naltirilgan kompetensiyalarni shakllantirish bo‘yicha
keyingi ilmiy tadqiqotlar uchun nazariy asos yaratadi

Files

511.Umarov Abdurasul Abduraximovich.pdf

Files (1.7 MB)

Name Size
md5:71b0e82caea3b7606301ea9b5178b65a
1.7 MB Preview Download

Additional details