Published November 28, 2025 | Version v1

RAMZ - BADIIY TAFAKKUR KO'ZGUSI: ADABIYOTDA TIMSOLLAR VA ULARNING TALQINI

Description

Annotatsiya: Mazkur maqolada badiiy asarlarda ramzlarning o‘rni, ularning estetik va ma’naviy funksiyalari, shuningdek, yozuvchi dunyoqarashini ochib berishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Ramz tushunchasining nazariy asoslari, uning xalq og‘zaki ijodi, o‘zbek va jahon adabiyotidagi ko‘rinishlari hamda talqin usullari yoritilgan. Tadqiqotda Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Erkin Vohidov kabi adiblar ijodi bilan bir qatorda Dante, Kafka, Kamyu, Xeminguey asarlaridagi ramzlarning badiiy mohiyati ham tahlil etilgan. Maqola ramzlarning inson ruhiy olamini, ijtimoiy haqiqatni va badiiy tafakkurni ifodalashdagi o‘rni hamda ularni o‘qish va talqin qilish madaniyatining zarurligini asoslaydi.

Kalit so‘zlar: ramz, badiiy asar, timsol, talqin, adabiyotshunoslik, ramziy ma’no, milliy tafakkur, badiiy obraz.

Files

36-43.pdf

Files (612.1 kB)

Name Size Download all
md5:e758a5aad4895dfc21edf5c119f9d906
612.1 kB Preview Download