Published November 27, 2025 | Version v1
Conference paper Open

GIDROENERGETIKA SANOATINI RIVOJLANISHIDA IRRIGASION REJIMDA ISHLOVCHI SUV OMBORLARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Authors/Creators

Description

Mazkur maqolada suv energiyasidan foydalanuvchi dunyo mamlakatlar, dunyodagi eng yirik GESlar, suv energiyasi zaxiralarini o‘zlashtirish ko‘rsatgichlari hamda gidroenergetika sanoatini rivojlantirishda irrigasion rejimda ishlovchi suv omborlaring ahamiyati keltirilgan. Mamlakatimizda ekspluatatsiya qilinayotgan 70 ga yaqin suv omborlari mavjud bo‘lib mazkur suv omborlari  gidroenergetika sanoatini (GES) larni rivojlantirishda juda katta zaxira hisoblanadi. Zamonaviy gidroturbinalar ishlash prinsipiga ko‘ra kichik napor va sarfda ham ishlash imkoniga ega.  Chortoq suv ombori naporidan foydalanib elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mikro gidroelektrstansiyasi qurildi. MikroGES agregatlari soni 3 tani tashkil qiladi, agregatlar vertikal trubina va gneratordan iborat. Agregatlar Xitoy davlatidan keltirilgan bo‘lib 1 m3/s sarf ta’minlansa belgilangan miqdordagi elektr energiyani ishlab chiqarishga qodir. Agregatlar hisobini bajarishda ishchi napor 34 metr, barcha agregatlarning suv iste’moli sarfi 3 m3/s ni tashkil qilgan. Xozirda ushbu mikro gidroelektrstansiya Namangan viloyati aholisi hamda ba’zi sanoat obektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlamoqda. MikroGES foydali ish koeffisienti bo‘yicha Turbina FIK 81% , Ginerator FIK 91% ni tashkil qilmoqda va energiya resurslari taqchilligini yumshatishga hamda iqtisodiyotni barqaror rijvojlanishiga hizmat qilmoqda.

Files

2.28.pdf

Files (714.2 kB)

Name Size Download all
md5:b85db9f3a45df476a32cd0d42a1549ca
714.2 kB Preview Download