Published November 27, 2025 | Version v1

REVMATOLOGIYADA ANTI-SIKLIK SITRULINLANGAN PEPTID (ASSP) VA REVMATIK FAKTOR(RF) KO'RSATGICHLARINING DIFFERENSIAL DIAGNOSTIK AHAMIYATI

Description

Revmatoid artrit (RA) — autoimmun genezli, surunkali-progressiv kechuvchi tizimli kasallik bo‘lib, sinovial to‘qimalarda yallig‘lanish, pannus hosil bo‘lishi va natijada bo‘g‘im xaftagasi hamda suyak strukturalarining destruksiyasi bilan xarakterlanadi. Kasallik global populyatsiyaning 0,5–1% ini qamrab oladi, ayollarda erkaklarga nisbatan 2,5–3 baravar ko‘p uchraydi. RA ning kechishi uzoq muddatli mehnat qobiliyatini yo‘qotish, nogironlik va yuqori iqtisodiy xarajatlarga olib kelishi tufayli sog‘liqni saqlash tizimi uchun jiddiy dolzarb muammo hisoblanadi . Erta diagnostika RA ni samarali boshqarishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Klinik jihatdan dastlabki belgilarning noaniqligi, shuningdek, boshqa yallig‘lanishli bo‘g‘im kasalliklari bilan klinik o‘xshashlik tashxis qo‘yishni murakkablashtiradi. Shuning uchun laborator va immunologik markerlardan foydalanish, ayniqsa, erta bosqichlarda tashxisning aniqligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Files

80-84.pdf

Files (195.1 kB)

Name Size Download all
md5:ebaf0b98c3eb6b3d5c12c20bcea33382
195.1 kB Preview Download