OʻZBEK VA KOREYS MAQOLLARIDA SABR VA MEHNAT QADRIYATLARINING QIYOSIY TAHLILI
Description
Ushbu maqolada koreys va oʻzbek xalqlarining ogʻzaki ijodida muhim oʻrin tutadigan sabr va mehnat mavzusiga oid maqollarni birgalikda chuqur tahlil qilamiz. Maqollar – bu har ikki xalqning dunyoqarashi, ma'naviy qadriyatlari hamda ijtimoiy hayot tajribasini aks ettiruvchi bebaho manba sifatida koʻriladi. Tadqiqot davomida sabr-toqat, mehnatsevarlik, matonat va bardoahlilik tushunchalari oʻzbek va koreys maqollarida qanday talqin etilishi, ularning oʻxshash va farqli jihatlari, tarbiyaviy ahamiyati yoritib beriladi. Ayniqsa, xalq maqollarining yosh avlodni mehnat qilishga, sabrli boʻlishga, hayotdagi qiyinchiliklarnj yengishga undashdagi oʻrni alohida tahlil qilinadi. Shuningdek, maqollarning zamonaviy hayotda qoʻllanishi va ularning qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazishdagi vazifasi ham yoritiladi. Ushbu maqola tilshunoslik, folklorshunoslik va madaniyatshunoslik sohalarida izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Files
140-144.pdf
Files
(296.8 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:164ab1cf67bd585afafdf968dc00fa6a
|
296.8 kB | Preview Download |