Oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalari oqova suvlarini Eichhornia asosida tozalash jarayonlarini tadqiq etish
Authors/Creators
- 1. Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Description
Suv resurslarini muhofaza qilish hamda ifloslangan suvlarni qayta ishlash ekologik barqarorlikni ta’minlashning asosiy omillaridan biridir. Ushbu maqolada Eichhornia (suv giatsinti) o‘simligining tabiiy biofiltr sifatida oqava suvlarni tozalashdagi samaradorligi tahlil qilinadi. Laboratoriya sharoitida 16–20 °C haroratda o‘tkazilgan tajribalar natijalariga ko‘ra, Eichhornia suvdagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdorini 100 mg/l dan 10 mg/l gacha kamaytirishi, pH ko‘rsatkichini 7,0 dan 7,7 gacha oshirishi hamda biomassasini qariyb to‘rt barobarga ko‘paytirishi aniqlangan. Olingan natijalar Eichhornia o‘simligidan foydalanish oqava suvlarni ekologik xavfsiz va iqtisodiy jihatdan tejamkor tarzda qayta ishlash imkonini berishini ko‘rsatadi. Shuningdek, ushbu usul bilan tozalangan suvni sug‘orish va boshqa texnik maqsadlarda qo‘llash mumkinligi belgilangan.
Files
TT2511008.pdf
Files
(589.4 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:55f679ab07740c895568a7689240ec4e
|
589.4 kB | Preview Download |