GLOBAL IJTIMOIY TARMOQLAR VA LOKAL IDENTITET: O'ZBEK TALABASINING MADANIY O'ZLIGINI SAQLASH MUAMMOLARI
Description
Ushbu maqolada global ijtimoiy tarmoqlar ta’sirida o‘zbek talabalari orasida madaniy identitetning o‘zgarishi, milliy o‘zlikni saqlashdagi muammolar va ularni bartaraf etish yondashuvlari tahlil qilinadi. Global media maydoni yoshlarning qadriyatlari, dunyoqarashi va o‘zini anglash jarayoniga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayni paytda, milliy madaniyat, til, an’ana va qadriyatlarning global tendensiyalar ta’sirida zaiflashish holatlari kuzatilmoqda. Maqolada o‘zbek talabalari uchun lokal identitetning ahamiyati, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik va sotsiokultural omillar hamda madaniy o‘zlikni mustahkamlash bo‘yicha pedagogik tavsiyalar berilgan.