Published November 23, 2025 | Version v1

KATTALAR VA BOLALARDA TUBERKULOZNING FARQLARI VA ATIPIK HOLATLAR

  • 1. Toshkent Tibbiyot Universiteti Termiz filiali yuqumli kasalliklar, dermatovenerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi assistenti

Description

Tuberkuloz bugungi kunda global miqyosda eng xavfli infeksion kasalliklardan biri bo‘lib, uning ijtimoiy ahamiyati va yuqori darajadagi o‘lim ko‘rsatkichlari sog‘liqni saqlash tizimi oldida jiddiy muammolar tug‘dirmoqda. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili 10 milliondan ortiq yangi tuberkuloz holatlari qayd etilib, shundan 1,3 millionga yaqini o‘lim bilan yakunlanadi. O‘zbekiston Respublikasida ham oxirgi yillarda kasallik ko‘rsatkichlari asta-sekin pasayish tendensiyasiga ega bo‘lsa-da, bolalar va kattalarda uchraydigan klinik shakllarning xilma-xilligi, ayniqsa atipik ko‘rinishlar tashxisiy murakkablik tug‘dirmoqda. Bolalarda immun tizimining yetarlicha shakllanmaganligi sababli kasallik tez-tez generalizatsiyalashgan shakllarda kechadi, kattalarda esa dori-darmonlarga chidamli tuberkuloz shakllarining ko‘payishi davolash samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Files

165_167-1682-konferensiya.pdf

Files (534.8 kB)

Name Size
md5:b4eb3228d4051092f22671d87eb61206
534.8 kB Preview Download