Published November 23, 2025 | Version v1
Journal article Open

HOMILADOR AYOLLARDA TORCH-INFEKSIYALARNI ERTA ANIQLASH VA OLDINI OLISH

  • 1. TDTU Termiz filiali, Termiz, O'zbekiston

Description

TORCH-kompleks (Toxoplasmosis, Others — zaxm, Varicella-Zoster, Human Parvovirus B19, Rubella, Cytomegalovirus, Herpes simplex virus) homilador ayollarda bachadon ichi infeksiyasi va perinatal asoratlarning asosiy sabablaridan biridir. Bu infeksiyalar ko‘pincha klinik jihatdan simptomsiz kechadi, biroq homila uchun xavfli oqibatlarga — abort, o‘lik tug‘ilish, tug‘ma anomaliyalar va markaziy nerv tizimi shikastlanishlariga olib kelishi mumkin. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 2 milliondan ortiq yangi tug‘ilgan chaqaloq TORCH-kompleksga kiruvchi infeksiyalar oqibatida turli darajadagi tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘iladi. O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa issiq iqlimli hududlarda (Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro) TORCH-infeksiyalar tarqalishi yuqori bo‘lib, prenatal skrining va immunoprofilaktika tizimlarini kuchaytirish zarur. Erta aniqlashda serologik tahlillar (IgM, IgG, avidity testi), PZR diagnostika va ultratovush nazorati asosiy ahamiyatga ega. Profilaktika esa emlash, sanitariya-madaniyatni oshirish, homiladorlikka tayyorgarlik davrida TORCH-tahlillarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Files

152_154-1552-konferensiya.pdf

Files (536.3 kB)

Name Size Download all
md5:de12ff67c7211fe9feaea11758ab7072
536.3 kB Preview Download